35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#19_1_modda Garovsiz kredit ajratilishi bo‘yicha deputatlik o‘rganishi yo‘lga qo‘yildi
янв.21
#doimiy_komissiya Mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalaridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
#DK_qarori Mahalliy budjetning qo‘shimcha mablag‘larini yo‘naltirish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
#okrugda_o'rganish Sessiyaoldi o‘rganish: maktabdagi ta’lim sharoitlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
#kotibiyat Qarshiobod mahallasida “yettilik” faoliyati o‘rganildi
янв.21
#19_1_modda Deputatlik nazorati: uy-joy qurilishi uchun garovsiz kreditlar o‘rganilmoqda
янв.21
Hamkorlik va deputatlik nazorati davom etmoqda
янв.21
13-BAND IJROSI: Boshqaruv kompaniyalari faoliyati o‘rganildi
янв.21
17-BAND IJROSI: Po‘latchi mahallasidagi holat o‘rganildi
янв.21
15-BAND IJROSI:Yoshlar bog‘idagi holat o‘rganildi
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA PQ-48-SON QARORI IJROSI TANQIDIY MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya va sanoat masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-48-son qarori ijrosini ta’minlash masalasi atroflicha va tanqidiy ruhda muhokama qilindi.
Qarorga muvofiq, Chilonzor tumanidagi ko‘p kvartirali uylar va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish, bolalar maydonchalari, yo‘laklar va irrigatsiya tarmoqlarini ta’mirlash, shuningdek, uy-joy fondini kuz-qish mavsumiga tayyorlash uchun katta miqdorda mablag‘lar ajratilgani qayd etildi.Tanqidiy yondashuv: mablag‘ bor, natija-chi?
Yig‘ilishda ajratilayotgan mablag‘larning o‘zlashtirilishi bilan ish bitmasligi, eng muhimi, ushbu mablag‘lar hisobidan aholiga qanday amaliy natija yaratilayotgani muhim ekani alohida ta’kidlandi.
Ayrim ko‘p kvartirali uylar atrofida yo‘laklarning nosozligi, bolalar maydonchalarining talab darajasida emasligi, irrigatsiya tarmoqlaridagi muammolar hamda obodonlashtirish ishlarida kamchiliklar mavjudligi tanqidiy muhokama qilindi.
Deputatlar tomonidan qurilish-ta’mirlash ishlarini faqat qog‘ozdagi hisobot va bajarilgan ish hajmi bilan baholamasdan, ularning sifati, belgilangan muddatlarda bajarilishi va eng muhimi, aholining roziligi asosida baholash zarurligi qayd etildi.
Shuningdek, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish, loyiha-smeta hujjatlarini puxta ishlab chiqish, bajarilgan ishlarning hajmi va sifatini joyiga chiqib tekshirish hamda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mas’ullarning javobgarligini oshirish masalalariga urg‘u berildi.
Deputatlar uchun asosiy mezon — qancha mablag‘ sarflangani emas, balki shu mablag‘ evaziga aholining kundalik hayotida qanday real o‘zgarish yuz berganidir.
Yig‘ilish yakunida PQ-48-son qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi, qurilish-ta’mirlash ishlarining sifati va muddatlariga qat’iy rioya etish yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.
Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati ostida davom ettiriladi.

Slide 1 of 3