35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va yo‘l harakati xavfsizligi masalalari muhokama qilindi
янв.21
3-BAND IJROSI: Turon mahallasida sport infratuzilmasi o‘rganildi
янв.21
5-BAND IJROSI: Ijtimoiy himoya masalalari o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati kuchaytirilmoqda
янв.21
Parchaqara mahallasida infratuzilma holati o‘rganildi
янв.21
6-BAND IJROSI: Xotin-qizlar faoli faoliyati va fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning ichimlik suvi bo‘yicha murojaati o‘rganildi
янв.21
Birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatlari sifati o‘rganildi
Ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash masalasi muhokama qilindi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
✔️Yig‘ilishda Jondor tumani hududidagi ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash to‘g‘risidagi masala atroflicha muhokama qilindi. Mazkur masala hududlarning ma’muriy chegaralarini aniq belgilash, yer va boshqa hududiy resurslardan samarali foydalanish hamda hududlarni boshqarish jarayonlarini yanada takomillashtirish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
✔️Muhokama davomida ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash bilan bog‘liq taklif va mulohazalar ko‘rib chiqilib, mavjud holat yuzasidan mas’ul mutasaddilarning axborotlari tinglandi. Deputatlar tomonidan hududlar chegaralarini belgilashda qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish, aholi manfaatlarini inobatga olish va masalaga har tomonlama yondashish zarurligi qayd etildi.
✔️Yig‘ilish yakunida mazkur masala yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirilib, belgilangan tartibda keyingi muhokama va qaror qabul qilish jarayonlari uchun tegishli choralar belgilandi.
✔️Bunday masalalarning doimiy komissiya yig‘ilishlarida ochiq va atroflicha ko‘rib chiqilishi hududiy boshqaruv samaradorligini oshirish, qonuniylikni ta’minlash hamda tuman hududlarini izchil rivojlantirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2