Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining doimiy komissiyalari faoliyatini yanada jonlantirish, ish samaradorligini oshirish hamda biriktirilgan tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish borasidagi amaliy ishlar izchil davom etmoqda.
Mazkur vazifalarni samarali tashkil etish maqsadida Kengash kotibiyatining bosh mutaxassisi E. Turayev Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaga biriktirilgan.
Komissiya a’zosi G. Xoliqulova tomonidan esa tuman 1-FHDYO bo‘limi bilan hamkorlik ishlari davom ettirilmoqda.
Hamkorlik doirasida tashkilot faoliyatini o‘rganish, mavjud masalalarni aniqlash, qonunchilik talablarining ijrosini monitoring qilish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralarni belgilashga e’tibor qaratilmoqda.