35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va yo‘l harakati xavfsizligi masalalari muhokama qilindi
янв.21
3-BAND IJROSI: Turon mahallasida sport infratuzilmasi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati kuchaytirilmoqda
янв.21
5-BAND IJROSI: Ijtimoiy himoya masalalari o‘rganildi
янв.21
Parchaqara mahallasida infratuzilma holati o‘rganildi
янв.21
6-BAND IJROSI: Xotin-qizlar faoli faoliyati va fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning ichimlik suvi bo‘yicha murojaati o‘rganildi
янв.21
Birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatlari sifati o‘rganildi
Soliq inspektori faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Kulbayev tomonidan tumanning “Sari-Qangli” mahallasiga biriktirilgan soliq inspektori G.Duysenova faoliyati o‘rganildi.

🔻O‘rganish davomida soliq inspektorining mahalladagi tadbirkorlik subyektlari va fuqarolar bilan ishlash tizimi, soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borishi, mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etish borasidagi faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, mahallada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari, o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar hamda boshqa soliq to‘lovchilarning hisobini yuritish, ularga soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar yuzasidan tushuntirishlar berish, soliqlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri hisoblash hamda to‘lash masalalari o‘rganildi.

🔻Shuningdek, mahallada yangi tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish, yashirin iqtisodiyotning oldini olish, faoliyatini to‘xtatgan yoki norasmiy ishlayotgan subyektlarni aniqlash, aholi va tadbirkorlarni qonuniy faoliyat yuritishga jalb qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati ko‘rib chiqildi.

🔻Deputat tomonidan soliq inspektoriga mahallada soliq bazasini kengaytirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, soliq to‘lovchilar bilan ochiq va tizimli muloqotni yo‘lga qo‘yish, aniqlangan muammolarni joyida hal etish hamda soliq tushumlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2