35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va yo‘l harakati xavfsizligi masalalari muhokama qilindi
янв.21
3-BAND IJROSI: Turon mahallasida sport infratuzilmasi o‘rganildi
янв.21
5-BAND IJROSI: Ijtimoiy himoya masalalari o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati kuchaytirilmoqda
янв.21
Parchaqara mahallasida infratuzilma holati o‘rganildi
янв.21
6-BAND IJROSI: Xotin-qizlar faoli faoliyati va fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning ichimlik suvi bo‘yicha murojaati o‘rganildi
янв.21
Birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatlari sifati o‘rganildi
RASMIY O‘RGANISH BOSHLANDI

O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 19¹-moddasi, shuningdek Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi hamda Kengashning Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq, tumandagi ijtimoiy soha obyektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganish ishlari boshlandi.

Mazkur o‘rganish doirasida maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari hamda tibbiyot muassasalarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning holati, jumladan, isitish tizimlarining sozligi, qozonxonalar va ichki muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining tayyorligi, tom va deraza-romlarning holati, energiya resurslari bilan ta’minlanganlik, zarur moddiy-texnik zaxiralarning shakllantirilishi hamda tegishli tashkiliy choralar ko‘rilishi yuzasidan batafsil ma’lumotlar so‘raldi.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Nazirov Madaminjon Ma’rufjon o‘g‘li tomonidan Chilonzor tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda Chilonzor tumani Tibbiyot birlashmasiga rasmiy so‘rov xatlari yuborildi.

O‘rganish natijalari doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda kuz-qish mavsumini barqaror o‘tkazishni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar va zarur choralar ko‘riladi.

Slide 1 of 4