35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va yo‘l harakati xavfsizligi masalalari muhokama qilindi
янв.21
3-BAND IJROSI: Turon mahallasida sport infratuzilmasi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati kuchaytirilmoqda
янв.21
5-BAND IJROSI: Ijtimoiy himoya masalalari o‘rganildi
янв.21
Parchaqara mahallasida infratuzilma holati o‘rganildi
янв.21
6-BAND IJROSI: Xotin-qizlar faoli faoliyati va fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning ichimlik suvi bo‘yicha murojaati o‘rganildi
янв.21
Birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatlari sifati o‘rganildi
MUROJAATDAN — AMALIY NATIJAGACHA

Xalq vakilining faoliyati faqat fuqarolarni tinglash yoki deputatlik so‘rovini yuborish bilangina cheklanmaydi. Eng muhimi — ko‘tarilgan masalaning amaliy yechimini ko‘rish va uning ijrosini nazorat qilishdir.
Joriy yilning 26-yanvar kuni Xalq deputatlari Bo‘zatov tumani Kengashi deputati Q.Nurmanov tomonidan “Qusxanatov” APJ hududidagi ayrim ichki yo‘llarning holati yuzasidan 3-ds-355-26-sonli deputatlik so‘rovi yuborilgan edi. Unda aholi uchun muhim bo‘lgan yo‘llarni tegishli dasturga kiritish va amaliy yordam ko‘rsatish so‘ralgan.
Oradan vaqt o‘tib, deputat so‘rovida ko‘tarilgan masala bugun amaliy ishga aylandi.
Hozirda hududda maxsus texnikalar ishlamoqda. Yo‘l tekislanib, tartibga keltirilmoqda. Eng muhimi, deputat ishlarning borishini joyiga chiqib o‘rganib, bajarilayotgan ishlar bilan bevosita tanishmoqda.
Bu — “murojaat qabul qilindi” degan qog‘ozdagi javob emas, balki murojaat ortidan boshlangan real ish.
Deputatning fuqarolar bilan uchrashuvi — muammoni aniqlash uchun.
Deputatlik so‘rovi — muammoni tegishli tashkilotlar oldiga qo‘yish uchun.
Joyiga chiqib o‘rganish esa — natijani nazorat qilish uchun.
Shunday faoliyat orqali deputatning xalq oldidagi vakillik vazifasi amalda namoyon bo‘ladi.
Bir murojaat — bir deputatlik so‘rovi — bir amaliy natija.
Bugun yo‘lda olib borilayotgan ishlar esa fuqarolar murojaati e’tiborsiz qolmaganining va deputatlik faoliyati natijaga yo‘naltirilganining amaliy ko‘rinishidir.
Xalq murojaati — e’tiborda.
Muammo — nazoratda.
Natija — amalda.

Slide 1 of 5