35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va yo‘l harakati xavfsizligi masalalari muhokama qilindi
янв.21
3-BAND IJROSI: Turon mahallasida sport infratuzilmasi o‘rganildi
янв.21
5-BAND IJROSI: Ijtimoiy himoya masalalari o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati kuchaytirilmoqda
янв.21
Parchaqara mahallasida infratuzilma holati o‘rganildi
янв.21
6-BAND IJROSI: Xotin-qizlar faoli faoliyati va fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatlari sifati o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning ichimlik suvi bo‘yicha murojaati o‘rganildi
Byudjet komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida muhim masalalar muhokama markazida

#doimiy_komissiya_Uchtepa #ekspert_guruhlari

Byudjet komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida muhim masalalar muhokama markazida

📂 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig'ilishida:

✍️ Uchtepa tumani hokimligi qoshida ochilgan “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘larining 2026-yilning dastlabki 6 oyligida sarflanishi to‘g‘risida;

✍️ Uchtepa tumani mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risida;

✍️ Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining “Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2026-yil 20-iyuldagi III-31-63-14-202-K/26-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi va boshqa bir qator muhim masalalar ko'rib chiqildi.

↗️ Ushbu komissiya yig'ilishida tuman hokimligi tomonidan berilgan taklifga asosan tuman mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish to'g'risidagi masala doirasida tumandagi tegishli mas'ul idoralar rahbarlari ham qatnashib, ajratilishi ko'zda tutilayotgan mablag'lar yuzasidan bergan takliflarini doimiy komissiya a'zolariga bandma-band tushuntirib berishdi.

💬 Doimiy komissiya raisi Jamshid Karimov hamda doimiy komissiya a’zolari — K.Azizov hamda S.Malikovalar hisobotlarni tinglab, o‘z saylov okruglarida uchrayotgan muammolar va tumandagi boshqa dolzarb masalalar yuzasidan savollar bilan murojaat qildilar. Savol-javoblar jarayonida ajratilayotgan mablag'alarni maqsadli sarflanishi hamda chora-tadbirlar rejasi doirasida kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

📝 Muhokamalar yakunida doimiy komissiya deputatlari tomonidan mazkur masalalarni sessiya kun tartibiga kiritish yuzasidan qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 5