35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va yo‘l harakati xavfsizligi masalalari muhokama qilindi
янв.21
3-BAND IJROSI: Turon mahallasida sport infratuzilmasi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati kuchaytirilmoqda
янв.21
5-BAND IJROSI: Ijtimoiy himoya masalalari o‘rganildi
янв.21
Parchaqara mahallasida infratuzilma holati o‘rganildi
янв.21
6-BAND IJROSI: Xotin-qizlar faoli faoliyati va fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning ichimlik suvi bo‘yicha murojaati o‘rganildi
янв.21
Birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatlari sifati o‘rganildi
“Og‘ir” toifadagi mahallada olib borilayotgan ishlar o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son hamda Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yil 24-fevraldagi VII-27-10-10-136-K/26-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida olib borilayotgan ishlar Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Ashurov va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan o‘rganildi.

🔺Tumandagi “Bog‘chaovul” mahallasi “og‘ir” toifali hududlardan biri sifatida belgilanib, uni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi uchun munosib sharoitlar yaratish maqsadida jami 4,5 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi rejalashtirilgan. Mazkur mablag‘lar hisobidan mahalla hududida 2,9 kilometr ichki yo‘llarni asfaltlashtirish, 0,8 kilometr ichimlik suvi tarmog‘ini yaxshilash, 1 dona transformator o‘rnatish, 4 kilometr elektr tarmoqlari tortish, 50 dona tayanch ustunlari o‘rnatish, 300 kVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasi qurish, shuningdek, hududni obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish belgilangan.

🔺O‘rganish davomida ichki yo‘llarining 2,9 kilometr qismida asfaltlashtirish ishlari to‘liq yakunlangani qayd etildi. Shuningdek, hududda elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida elektr tayanch ustunlarini o‘rnatish ishlari davom ettirilayotganligi aniqlandi.

🔺Deputat tomonidan amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi, belgilangan parametrlar va muddatlarga rioya etilishiga alohida e’tibor qaratildi. Mas’ullarga aholi murojaatlarini inobatga olgan holda, qolgan infratuzilma loyihalarini ham izchil amalga oshirish, ishlar sifatini nazorat qilish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3