35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va yo‘l harakati xavfsizligi masalalari muhokama qilindi
янв.21
3-BAND IJROSI: Turon mahallasida sport infratuzilmasi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati kuchaytirilmoqda
янв.21
5-BAND IJROSI: Ijtimoiy himoya masalalari o‘rganildi
янв.21
Parchaqara mahallasida infratuzilma holati o‘rganildi
янв.21
6-BAND IJROSI: Xotin-qizlar faoli faoliyati va fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning ichimlik suvi bo‘yicha murojaati o‘rganildi
янв.21
Birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatlari sifati o‘rganildi
Investitsiya dasturiga kiritilgan loyiha bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-son qaroriga asosan Investitsiya dasturiga 2026-yilda amalga oshirish bo‘yicha kiritilgan tumanning “Xo‘jaobod” mahallasida  joylashgan 30-sonli umumta’lim maktabining kapital ta’mirlash ishlari Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi raisi O.Babayev va kotibiyat mudiri J.Sadirov tomonidan o‘rganildi.

🟢O‘rganish davomida maktabda kapital ta’mirlash ishlari umumiy hisobda 95 foizga bajarilgani ma’lum bo‘ldi. Ayni vaqtda ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun qulay va zamonaviy shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, isitish tizimi to‘liq yangilangan, maktab binosida quyosh panellari o‘rnatilgan, sinf xonalarida ta’mirlash va pardozlash ishlari yakunlangan. Xonalarning ichki ko‘rinishi zamonaviy talablarga moslashtirilib, o‘quv jarayonini samarali tashkil etish uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda.

🟢Shu bilan birga, ayrim elektr-montaj ishlari, xususan, sinf xonalariga yoritish vositalarini o‘rnatish va elektr tarmoqlarini yakuniy sozlash ishlari davom ettirilmoqda.O‘rganish jarayonida qolgan ishlarni belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash, elektr va yoritish tizimlarini to‘liq ishga tushirish, ta’mirlash ishlarida xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etish hamda obyektni foydalanishga qabul qilishga puxta tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🟢Mas’ullarga maktabda olib borilayotgan so‘nggi ishlarni jadallashtirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va obyektni belgilangan muddatda sifatli holda foydalanishga topshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 30-sonli umumta’lim maktabidagi kapital ta’mirlash ishlarini 15 avgustga qadar to‘liq yakunlab, obyektni foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Slide 1 of 7