35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va yo‘l harakati xavfsizligi masalalari muhokama qilindi
янв.21
3-BAND IJROSI: Turon mahallasida sport infratuzilmasi o‘rganildi
янв.21
5-BAND IJROSI: Ijtimoiy himoya masalalari o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati kuchaytirilmoqda
янв.21
Parchaqara mahallasida infratuzilma holati o‘rganildi
янв.21
6-BAND IJROSI: Xotin-qizlar faoli faoliyati va fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning ichimlik suvi bo‘yicha murojaati o‘rganildi
янв.21
Birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatlari sifati o‘rganildi
AHOLI BANDLIGI — FAROVONLIK VA BARQAROR DAROMAD ASOSI

AHOLI BANDLIGI — FAROVONLIK VA BARQAROR DAROMAD ASOSI

🚨 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Z.B. O‘zbekova “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

🚨 Bugungi kunda aholi bandligini ta’minlash, fuqarolar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish va oilalarning barqaror daromad manbalarini kengaytirish eng muhim ijtimoiy masalalardan biridir.

🚨 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Z.B. O‘zbekova tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 20-oktabrdagi O‘RQ-642-son “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati yuzasidan o‘tkazilgan chiqishda ushbu masalaning amaliy ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.

🚨 Deputat o‘z chiqishida aholi bandligi faqat ishsizlikni kamaytirish bilan cheklanmasligi, balki fuqarolarning daromadini oshirish, yangi imkoniyatlar yaratish va oilalar farovonligini ta’minlash bilan chambarchas bog‘liq ekanini ta’kidladi.

🚨 Qonun aholining mehnat qilish huquqini ta’minlash, ish izlayotgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, qayta tayyorlash va mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarga jalb etish uchun muhim huquqiy asos yaratadi.

🚨 Ayniqsa, bugungi sharoitda yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlaridan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

🚨 Deputat Z.B. O‘zbekovaning fikricha, qonunda belgilangan imkoniyatlarni aholiga yetkazish bilan birga, ularning amaliy ijrosini ta’minlash ham muhim. Chunki har bir qonun xalq hayotida o‘zining amaliy natijasini ko‘rsatgandagina uning ahamiyati yanada ortadi.

🚨 Shu nuqtayi nazardan, mahallalarda ishsiz fuqarolarni aniqlash, ularning kasb va qiziqishlarini o‘rganish, mavjud ish o‘rinlariga yo‘naltirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli ishlarni davom ettirish zarur.

🚨 “Har bir fuqaro uchun munosib mehnat imkoniyatini yaratish — nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy barqarorlikning ham muhim omilidir”, — deya ta’kidladi deputat Z.B. O‘zbekova.

🚨 Aholi bandligini ta’minlash borasidagi bunday yondashuvlar hududlarda yangi ish o‘rinlarini yaratish, fuqarolarning daromadlarini oshirish va oilalar farovonligini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1