35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va yo‘l harakati xavfsizligi masalalari muhokama qilindi
янв.21
3-BAND IJROSI: Turon mahallasida sport infratuzilmasi o‘rganildi
янв.21
5-BAND IJROSI: Ijtimoiy himoya masalalari o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati kuchaytirilmoqda
янв.21
Parchaqara mahallasida infratuzilma holati o‘rganildi
янв.21
6-BAND IJROSI: Xotin-qizlar faoli faoliyati va fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning ichimlik suvi bo‘yicha murojaati o‘rganildi
янв.21
Birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatlari sifati o‘rganildi
Aholi farovonligi va kommunal soha barqarorligi — deputat e’tiborida

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining 22-Oltinsoy saylov okrugidan saylangan deputat Tagayeva Shaxnoza Omonovna tomonidan hududdagi mahallalarda aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifati hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining bugungi holati yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazildi.

O‘rganishlar davomida deputat asosiy e’tiborni aholini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi hamda tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta’minlash masalalariga qaratdi. Shuningdek, hududlardagi transformator punktlari, gaz taqsimlash inshootlari hamda xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarning texnik tayyorgarligi ko‘zdan kechirildi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvlarda mahalla fuqarolaridan tushgan taklif va murojaatlar deputat tomonidan nazoratga olindi. Bir qator masalalar bo‘yicha joyida tegishli mutasaddilarga ko‘rsatmalar berilgan bo‘lsa, vaqt va qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan muammolar yuzasidan deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilandi.