35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va yo‘l harakati xavfsizligi masalalari muhokama qilindi
янв.21
3-BAND IJROSI: Turon mahallasida sport infratuzilmasi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati kuchaytirilmoqda
янв.21
5-BAND IJROSI: Ijtimoiy himoya masalalari o‘rganildi
янв.21
Parchaqara mahallasida infratuzilma holati o‘rganildi
янв.21
6-BAND IJROSI: Xotin-qizlar faoli faoliyati va fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning ichimlik suvi bo‘yicha murojaati o‘rganildi
янв.21
Birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatlari sifati o‘rganildi
📢 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING QARORI

📅 2026-yil 6-avgust
📄 VII-28-81-12-177-K/26-son
📍 Shovot tumani
🏛 YER UCHASTKALARIGA BO‘LGAN HUQUQLARNI E’TIROF ETISH BO‘YICHA ISHCHI GURUH TARKIBI YANGILANDI
⚖️ O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 15-iyundagi O‘RQ-1153-son Qonuni hamda 2024-yil 5-avgustdagi O‘RQ-937-son Qonuni talablaridan kelib chiqib, Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining tegishli qaroriga o‘zgartirish kiritildi.
📌 QARORGA MUVOFIQ:
1️⃣ Xorazm viloyati Adliya boshqarmasi boshlig‘i M. Atayevning 2026-yil 22-iyundagi 14-1/1153-sonli xati ma’lumot uchun qabul qilindi.
2️⃣ O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish bo‘yicha jamoatchilik (ishchi) guruhi tarkibi yangi tahrirda tasdiqlandi.
3️⃣ Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 2025-yil 22-sentabrdagi tegishli qaroriga ilova qilingan ishchi guruhi tarkibi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4️⃣ Qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M. Kariyev zimmasiga yuklatildi.
5️⃣ 📅 Mazkur qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
👥 ISHCHI GURUH TARKIBI
🔹 1. Ruzimov Rafiq Bekbo‘lsinovich
Shovot tumani hokimining qurilish, to‘siqsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i.
🔹 2. Bayjonov Baratjon Polvonazarovich
Shovot tumani hokimligi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i.
🔹 3. Ro‘zmetov Zoxitjon Rajabboyevich
Kadastr agentligi huzuridagi Davlat kadastrlari palatasi Shovot tumani filiali boshlig‘i.
🔹 4. Lavozimiga ko‘ra
Mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari.
⚖️ Maqsad: o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni qonunchilikda belgilangan tartibda e’tirof etish jarayonini tashkil etish.