35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
6-BAND IJROSI: Xotin-qizlar faoli faoliyati va fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning ichimlik suvi bo‘yicha murojaati o‘rganildi
янв.21
Birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatlari sifati o‘rganildi
янв.21
2-BAND IJROSI: Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati o‘rganildi
янв.21
24-band ijrosi: ta’lim muassasalarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
1-BAND IJROSI:Uchtepa mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
8-BAND IJROSI: Gulobod ko‘chasining yo‘l holati o‘rganildi
янв.21
17-BAND IJROSI: Hududdagi obodonlashtirish va chiqindi masalasi o‘rganildi
янв.21
Biriktirilgan tashkilotlar va doimiy komissiyalar o‘rtasidagi hamkorlik davom etmoqda
янв.21
22-BAND IJROSI: 25-OSHP «Al-Beruniy» oilaviy shifokorlik punkti rekonstruksiyasi o‘rganildi
Kelajak bunyodkorlariga g‘amxo‘rlik: Deputatlarning amaliy ko‘magi bilan yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik

2026-2027-o‘quv yili yaqinlashgani sari mamlakatimiz bo‘ylab ta’lim muassasalarida va xonadonlarda qizg‘in tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Ayniqsa, ehtiyojmand va kam ta’minlangan oilalar farzandlarini maktabga tayyorlash, ularni zarur o‘quv qurollari hamda sifatli maktab formalari bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ushbu ezgu va xayrli tashabbus doirasida Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati N.Norqarayev tomonidan tumandagi “Ag‘ron” mahallasida istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olindi.

Yangi o‘quv yili bo‘sag‘asida deputat tomonidan ushbu oilalarning maktab yoshidagi farzandlariga maxsus ajratilgan maktab formalari hamda dars jarayonlari uchun kerakli bo‘lgan barcha o‘quv qurollari to‘plami topshirildi. Ushbu amaliy yordam o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirish va yangi o‘quv yilini yuqori kayfiyatda boshlashlariga katta turtki bo‘ldi.Deputatlarning bunday amaliy tashabbuslari tuman bo‘ylab davom etmoqda va yangi 2026-2027-o‘quv yilini har bir xonadonda yuqori kayfiyat bilan kutib olishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 3