35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va yo‘l harakati xavfsizligi masalalari muhokama qilindi
янв.21
3-BAND IJROSI: Turon mahallasida sport infratuzilmasi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati kuchaytirilmoqda
янв.21
5-BAND IJROSI: Ijtimoiy himoya masalalari o‘rganildi
янв.21
Parchaqara mahallasida infratuzilma holati o‘rganildi
янв.21
6-BAND IJROSI: Xotin-qizlar faoli faoliyati va fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning ichimlik suvi bo‘yicha murojaati o‘rganildi
янв.21
Birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatlari sifati o‘rganildi
Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashining 18-“Avayxon” saylov okrugi deputati, O'zLiDeP a'zosi Ruslan Yerniyazovga “Do‘rmon yo‘li” ko‘chasidagi (“Qorasuv-5”) ko‘p kvartirali uylar aholisidan chiqindilarni tashlash uchun belgilangan maxsus joy ajratish yuzasidan murojaat yo‘llangan edi.

Ushbu murojaatni o‘rganish yuzasidan, ya’ni chiqindilarni tashlash uchun belgilangan maxsus joy o‘rnini aniqlash maqsadida, deputat tomonidan mahalla faollari va tegishli ijro organi rahbarlarining uchrashuvi tashkil etilib, suhbat o‘tkazildi.

O‘tkazilgan uchrashuvda axlat to‘plagichlar maydonchalaridan turar-joy binolari, fizkultura maydonchalari, bolalar o‘ynaydigan va katta yoshdagilarning dam olish maydonchalari, shuningdek, maktabgacha ta’lim va davolash muassasalari hamda ovqatlanish muassasalarigacha bo‘lgan masofa 25 metrdan kam bo‘lmagan holda bo‘lgan maxsus joyni ko‘rib chiqish va fuqarolar o‘rnatish joyi bo‘yicha takliflarini inobatga olgan holda navbatdagi uchrashuvni o‘tkazish belgilandi.

Ushbu tadbirlarida Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi kotibiyati mudiri Shoanvar Shomaxmudov ham ishtirok etdi.

Slide 1 of 4