Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining tegishli doimiy komissiyasi tomonidan biriktirilgan tashkilotlar faoliyati bilan yaqindan hamkorlik qilish, sohadagi dolzarb masalalarni o‘rganish va ularning yechimiga ko‘maklashish ishlari davom ettirilmoqda.
Shu maqsadda deputat A. Abdumurodov tuman suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasida bo‘lib, muassasa faoliyati, aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda mavjud muammolar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashdi.
Bunday hamkorlik uchrashuvlari sohadagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralarni belgilash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.