Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalarning 8-bandi — mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati, ko‘chalarni tunda yoritilishi, avtomobil yo‘llaridagi tirbandliklarni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan o‘rganish olib borilmoqda.
Mazkur yo‘nalish doirasida Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati D. Tuychiyeva tomonidan o‘z saylov okrugidagi mahallalarda ko‘cha faollari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, muammolar o‘rganildi.
Uchtepa mahallasi Obod ko‘chasida ko‘cha boshisi Parda aka bilan uchrashilib, ko‘chadagi infratuzilma holati va fuqarolarni qiynayotgan masalalar yuzasidan suhbatlashildi.
Suhbat davomida ko‘chadagi transformator texnik holati yaxshi emasligi, uni almashtirish zarurati mavjudligi bildirildi.