Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati A. Appakov tomonidan Hutanariq MFYda o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
O‘rganish davomida Shokirov ko‘chasi, 88-uyda istiqomat qiluvchi Qodirova Odinaxonning yashash sharoiti o‘rganildi. Xonadon ta’mirtalab ekani aniqlanib, deputat tashabbusi bilan uyda zarur ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
Mazkur amaliy yordam natijasida xonadonning yashash sharoiti yaxshilanib, fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi.
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash, fuqarolar murojaatlariga amaliy yechim topish hamda ularning turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.