♻️Fuqarolardan kelib tushgan murojaatda O‘rikzor mahallasidagi qabriston hududi qarovsiz qolgani, hududda chiqindilar to‘planib, obodonlashtirish ishlari talab etilishi qayd etilgan.
♻️Mazkur murojaat yuzasidan Zangiota tumani Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Sh.Xoshimov joyiga chaqirtirilib, holat deputat tomonidan o‘rganildi va nazorat qilindi.
♻️Mas’ullarga qabriston hududini qisqa muddatda tozalash, obodonlashtirish hamda tartibga keltirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
♻️Mazkur murojaat yuzasidan olib borilayotgan ishlar Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi deputati N.Bayzakova tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, ijrosi to‘liq ta’minlangunga qadar deputat nazoratida bo‘ladi.