35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik nazorati: birlamchi tibbiy-sanitariya yordami sifati o‘rganildi
янв.21
Deputat fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyati faoliyatidan
янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyati faoliyatidan
янв.21
Doimiy komissiya va biriktirilgan tashkilot o‘rtasidagi hamkorlik izchil davom etmoqda
янв.21
Doimiy komissiya va biriktirilgan tashkilot o‘rtasidagi hamkorlik izchil davom etmoqda
янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligi masalasi muhokama qilindi
янв.21
“Tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi deputatlar nazoratida
янв.21
“Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganilmoqda
DEPUTAT NAZORATI

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi bosh mutaxassisi L.Toshquvvatov hamda tuman deputati B.Bekmurodov tomonidan Yangiqishloq mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi tarkibidagi xotin-qizlar faolining faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
O‘rganish davomida xotin-qizlarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash, ularning bandligini oshirish, tadbirkorlikka jalb etish, kasb-hunarga o‘qitish, muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, xotin-qizlar faoli bilan suhbat o‘tkazilib, mahalladagi ehtiyojmand va ijtimoiy ko‘makka muhtoj ayollar bilan ishlash, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda manzilli yordam ko‘rsatish masalalari muhokama etildi.
Tashrif yakunida xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini yana-da oshirish, oilalar farovonligini ta’minlash, ayollarning jamiyatdagi faolligini qo‘llab-quvvatlash va mavjud muammolarni tizimli hal etish yuzasidan tegishli tavsiya hamda takliflar berildi.

Slide 1 of 2