USMONOBOD SAYLOV OKRUGIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR HANUZGACHA O‘Z YECHIMINI TOPMAGAN
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Nizom Eliboyev tomonidan Usmonobod saylov okrugidagi Oshiq ota, Qorasuv va Qarshiobod mahallalarida aniqlangan dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy muammolar deputatlik nazoratiga olingan.
📝 O‘rganishlar natijasida:
🔹 Oshiq ota mahallasida suv inshootini qurish;
🔹 109-sonli umumta’lim maktabi binosini joriy ta’mirlash;
🔹 mahalla uchun yangi ma’muriy bino qurish;
🔹 Qorasuv mahallasida 2 ta transformator va 120 ta beton elektr ustunini o‘rnatish, 2 kilometr ichki yo‘llarni asfaltlashtirish;
🔹 Qarshiobod mahallasida 2 ta transformator hamda 210 ta beton elektr ustunini o‘rnatish zarurligi aniqlangan.
📨 Mazkur masalalar yuzasidan tegishli davlat dasturlariga takliflar kiritilgan hamda mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilgan.
❗️Biroq, bugungi kunga qadar ushbu muammolar to‘liq hal etilmagan.