35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

"Avtomobil transporti to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi deputatlar tomonidan o‘rganiladi

"Avtomobil transporti to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi deputatlar tomonidan o‘rganiladi

Xalq deputatlari Pastdarg'om tumani Kengashi deputatlari tomonidan avtomobil transporti sohasida qonunchilik talablariga rioya etilishi, yo‘lovchi va yuk tashish xizmatlari sifati, transport infratuzilmasining holati hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini baholash maqsadida hududlarda navbatdagi o‘rganishlar olib boriladi.

Navbatdagi o‘rganish "Avtomobil transporti to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (674-I-son, 1998-yil 29-avgust) hamda mazkur qonun ijrosini ta’minlashga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar doirasida amalga oshiriladi.

O‘rganish davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratiladi:
✅ avtomobil transporti sohasida qonunchilik talablariga rioya etilishi hamda vakolatli tashkilotlar faoliyatining samaradorligi;