35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va yo‘l harakati xavfsizligi masalalari muhokama qilindi
янв.21
3-BAND IJROSI: Turon mahallasida sport infratuzilmasi o‘rganildi
янв.21
5-BAND IJROSI: Ijtimoiy himoya masalalari o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati kuchaytirilmoqda
янв.21
Parchaqara mahallasida infratuzilma holati o‘rganildi
янв.21
6-BAND IJROSI: Xotin-qizlar faoli faoliyati va fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning ichimlik suvi bo‘yicha murojaati o‘rganildi
янв.21
Birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatlari sifati o‘rganildi
#haftalik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #xalqparvar_komissiya #doimiy_komissiya_faoliyati #ekspert_guruhi 🗣Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashida navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi

Muhokama yig‘ilishida Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining doimiy komissiyalari raislari va a’zolari, shuningdek, Kengash huzuridagi “Xalqparvar” komissiyasi a’zolari ishtirok etib, sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masalalarni har tomonlama ko‘rib chiqdilar.
Yig‘ilish davomida kun tartibidagi har bir masala bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, mavjud holat, kutilayotgan natijalar hamda qabul qilinadigan qarorlarning amaliy ahamiyati yuzasidan batafsil fikr almashildi. Masalalarni sessiyaga puxta tayyorlash, ularni amaldagi qonunchilik talablari asosida takomillashtirish hamda qarorlar ijrosining samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, Termiz shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar, investitsiya va infratuzilma loyihalari, aholi bandligini ta’minlash, kommunal va ijtimoiy sohalardagi muammolarni bartaraf etish, mahallalarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari yuzasidan ham atroflicha muhokamalar olib borildi.
Muhokamalar davomida belgilangan chora-tadbirlarning ijrosini manzilli o‘rganish, joylarda yuzaga kelayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, doimiy komissiyalar hamda “Xalqparvar” komissiyasi tomonidan deputatlik nazoratini yanada kuchaytirish, mas’ul tashkilotlar faoliyatini tizimli monitoring qilish va ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Yig‘ilish yakunida sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masalalarni sifatli tayyorlash, qabul qilinadigan qarorlarning amaliy natijadorligini ta’minlash hamda Termiz shahrini kompleks rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosi ustidan samarali parlament va deputatlik nazoratini izchil davom ettirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi manfaatlarini ta’minlash hamda qabul qilinayotgan qarorlarning amaliy ijrosini kuchaytirishga qaratilgan tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3