🤝 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati, XDPdan saylangan 24-Gulshan saylov okrugi deputati Masharipov Izzat Masharipovich tumanimizning Qangli mahallasi fuqarolari bilan ochiq muloqot va uchrashuv o‘tkazdi.
🏛 Uchrashuv Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari hamkorligida tashkil etilib, unda fuqarolarni qiynayotgan dolzarb masalalar tinglandi, ularning murojaat va takliflari muhokama qilindi.
📝 Tadbirda Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati xodimi Ro‘zmetov Umrbek Shavkatovich ham ishtirok etdi.
✅ Bunday uchrashuvlar aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, mavjud muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘rishga xizmat qiladi.