35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 🏘️ Yoshlar muammolari uyma-uy o‘rganildi

👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 25-Tallashqon saylov okrugi deputati, Kengash kotibiyati mudiri O. Tursunov tomonidan “Boyqishloq” mahallasida yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning muammolari va takliflarini o‘rganish maqsadida uyma-uy yurish tadbirlari amalga oshirildi.

🏠 Tashriflar davomida yoshlarning bandligi, ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi hamda boshqa dolzarb masalalari o‘rganildi.

📝 Suhbatlar jarayonida yoshlar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni belgilash yuzasidan fikr almashildi.

✅ Deputatlik nazorati doirasida yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va muammolariga amaliy yechim topish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2