35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik nazorati: birlamchi tibbiy-sanitariya yordami sifati o‘rganildi
янв.21
Deputat fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyati faoliyatidan
янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyati faoliyatidan
янв.21
Doimiy komissiya va biriktirilgan tashkilot o‘rtasidagi hamkorlik izchil davom etmoqda
янв.21
Doimiy komissiya va biriktirilgan tashkilot o‘rtasidagi hamkorlik izchil davom etmoqda
янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligi masalasi muhokama qilindi
янв.21
“Tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi deputatlar nazoratida
янв.21
“Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganilmoqda
#nazorat #o'rganish

Olmaliq shahrida tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash, ularning muammolarini tinglash va hududlar obodligini taʼminlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Kuni kecha, shahar hokimining birinchi oʻrinbosari Shermuhammad Begiyev, Xalq deputatlari shahar Kengashi kotibiyat mudiri Sevar Qodirova hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi Mukarram Nematullayevadan iborat ishchi guruh "Mirzo Ulugʻbek" mahallasida joylashgan "Abdulla-Sirojiddin" MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

🧱 "Abdulla-Sirojiddin" MCHJ faoliyati o'rganildi
🔹Shaharsozlik va qurilish materiallari (zamonaviy bruschatkalar, yoʻlak toshlari) ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
🔹Davlat xaridlarida faol ishtirok etib, yirik sanoat obyektlarini sifatli mahsulotlar bilan taʼminlab kelmoqda.
🤝Shahrimizning drayveri boʻlgan "Olmaliq KMK" AJ kabi yirik korxonalarning ishonchli pudratchisi va mahsulot yetkazib beruvchisi hisoblanadi.
⚠️Aniqlangan kamchiliklar va tezkor choralar
Oʻrganish davomida korxonaning ichki va tashqi holati batafsil koʻzdan kechirildi:
Korxona atrofidagi hududda oqova suv quvurlari qopqoqlari yoʻqligi aniqlandi. Mutasaddilar tomonidan korxona rahbariga mazkur muammoni bartaraf etish boʻyicha berilgan topshiriqdan soʻng, kamchilik korxona masʼullari tomonidan zudlik bilan joyida bartaraf etildi.
Muddatli tavsiya: Ishlab chiqarish unumdorligini oshirish va xavfsizlikni taʼminlash maqsadida korxonaning ichki omborxonasini tartibga keltirish boʻyicha korxona rahbariyatiga muayyan muddat koʻrsatilgan holda tegishli tavsiyalar berildi.
🤝Ishchi guruh aʼzolari korxonadagi ishchi-xodimlar bilan samimiy suhbatlashib, ularning muammolari va ish sharoitlari bilan qiziqdilar hamda shahrimiz qurilish sohasi rivojiga hissa qoʻshayotgan jamoaga kelgusi faoliyatida kuch-quvvat tilashdi.
Maqsad bitta: Mahalliy tadbirkorlikni rivojlantirish, ishchilar uchun xavfsiz mehnat sharoitini yaratish va Olmaliq shahrining iqtisodiy salohiyatini yanada yuksaltirish!

Slide 1 of 4