35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va yo‘l harakati xavfsizligi masalalari muhokama qilindi
янв.21
3-BAND IJROSI: Turon mahallasida sport infratuzilmasi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati kuchaytirilmoqda
янв.21
5-BAND IJROSI: Ijtimoiy himoya masalalari o‘rganildi
янв.21
Parchaqara mahallasida infratuzilma holati o‘rganildi
янв.21
6-BAND IJROSI: Xotin-qizlar faoli faoliyati va fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning ichimlik suvi bo‘yicha murojaati o‘rganildi
янв.21
Birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatlari sifati o‘rganildi
🏥📋 “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (№265-I) ijrosi o‘rganildi

📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashidagi “Adolat” SDP deputati Dosova Gulxumar Quranbayevna, Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati Davletov Xurshid Yo‘ldashevich, “Adolat” SDP Shovot tumani Kengashi raisi Abdiyazova Mehrinoz Shuxratovna hamda Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati xodimi Ro‘zmetov Umrbek Shavkatovich Shovot tumani Sog‘liqni saqlash bo‘limida uchrashuv o‘tkazdi.
📖 Uchrashuv davomida “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (№265-I) mazmun-mohiyati, fuqarolarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish, aholiga sifatli va malakali tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash hamda qonun ijrosini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
💬 Shuningdek, sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashilib, qonun ijrosini ta’minlash borasidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
✅ Uchrashuv yakunida qonun ijrosini ta’minlash va aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 3