#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #24_ta_tavsiyaviy_savol #haftalik_ish_reja_ijrosi
BESHQAYRAG‘OCH MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI VA IJTIMOIY MASALALAR O‘RGANILDI
🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "7-Beshqayrag'och" okrugi deputati Xaydarova Ziyoda Tolipovna tashabbusi bilan Beshqayrag‘och mahallasida ko‘chama-ko‘cha yurib, aholini qiynayotgan muammolar va ijtimoiy masalalar o‘rganildi.
📇 Bugungi kunda mahallada 23 ta ko‘cha va 10 500 nafar aholi istiqomat qiladi. Hududda 2 ta maktab, maktabgacha ta’lim tashkiloti, 9-son tug‘ruqxona hamda boshqa 7 ta ijtimoiy obyekt faoliyat yuritmoqda.
🕯 O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Hozirda 54 nafar fuqaro Ijtimoiy reyestrga kiritilgan bo‘lib, shundan 21 nafari davlat ta’minotida ekani ma’lum qilindi.
💬 Shuningdek, Quruvchi 5-ko‘chasida yashovchi R.P.ning oilaviy va ijtimoiy holati o‘rganildi. Uning 3 nafar farzandi borligi, turmush o‘rtog‘i jazoni ijro etish muassasasida ekani, biroq ayrim sabablarga ko‘ra Ijtimoiy reyestrga kiritilmagani aniqlandi.
🗂 Mazkur masala yuzasidan ijtimoiy xodimga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-son qarori mazmun-mohiyati tushuntirildi. Fuqaroning holatini belgilangan tartibda qayta o‘rganish hamda unga zarur ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.
📝 O‘rganish davomida aniqlangan muammolarni manzilli hal etish, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda fuqarolarga zarur ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.