SUV RESURSLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH MASALASI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida “O‘zbekiston–2030” strategiyasi ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar, jumladan, suv resurslarini boshqarish, suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini yaxshilash va suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish holati to‘g‘risida”gi masala ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilishda Pastdarg‘om tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori A.Turayevning mazkur yo‘nalishdagi hisoboti hamda ishchi guruh tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish natijalari muhokama qilindi.
O‘rganishlar davomida suv resurslarini boshqarish, irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini saqlash, suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini yaxshilash hamda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.