2027-YIL DASTURLARIGA DEPUTAT TAKLIFLARI ILGARI SURILMOQDA
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlari tomonidan 2027-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan hududiy rivojlantirish dasturlariga saylovchilar murojaatlari hamda hududlarning dolzarb ehtiyojlaridan kelib chiqib takliflar kiritilmoqda.
🗣 23-Nayman saylov okrugi deputati Nurmamatova Sadoqat Tag‘ayevna tomonidan quyidagi ustuvor taklif ilgari surildi:
🔹 Qozoq Nayman mahallasi:
✅ Mavjud ehtiyojdan kelib chiqib, 22-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘rnida 300 o‘rinli zamonaviy davlat bog‘chasi qurish.
🤝 Mazkur taklif maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish, bolalar uchun zamonaviy va qulay ta’lim-tarbiya sharoitlarini yaratish hamda ota-onalarga qo‘shimcha qulayliklar taqdim etishga xizmat qiladi.
📍 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlari tomonidan ilgari surilgan barcha takliflar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.