2027-YIL DASTURLARIGA DEPUTAT TAKLIFLARI ILGARI SURILMOQDA
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlari tomonidan 2027-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan hududiy rivojlantirish dasturlariga saylovchilar murojaatlari hamda hududlarning dolzarb ehtiyojlaridan kelib chiqib takliflar kiritilmoqda.
🗣 17-Chandir saylov okrugi deputati Altiboyeva Muxtaram Ro‘zmamatovna tomonidan quyidagi ustuvor takliflar ilgari surildi:
🔹 Chandirobod mahallasi:
✅ 1 ta ichimlik suvi inshootini qurish;
✅ Olmazor ko‘chasining 2 kilometr qismini shag‘allashtirish;
✅ 5 kilometr elektr tarmoqlarining simlarini yangilash.
🔹 Paxtachi mahallasi:
✅ 2 ta ichimlik suvi inshootini qurish;
✅ Bolalar va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida zamonaviy sport maydonchasi barpo etish;
✅ Jayra-1 va Jayra-2 qishloqlarini bog‘lovchi 2 kilometr yo‘lni asfaltlashtirish.
🔹 Esaboy mahallasi:
✅ Marhamat, Dehqonlar, Mirobboshi va Bog‘ot ko‘chalarining 4 kilometr qismini asfaltlashtirish;