35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

2027-YIL DASTURLARIGA DEPUTAT TAKLIFLARI ILGARI SURILMOQDA

 2027-YIL DASTURLARIGA DEPUTAT TAKLIFLARI ILGARI SURILMOQDA

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlari tomonidan 2027-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan hududiy rivojlantirish dasturlariga aholi ehtiyojlari, saylovchilar murojaatlari hamda hududlarda mavjud muammolardan kelib chiqib takliflar kiritilmoqda.

🗣 13-Amir Temur saylov okrugi deputati Islomova Fatima Bazarovna tomonidan quyidagi ustuvor takliflar ilgari surildi:

🔹 Katta Nayman mahallasida aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida yangi suv inshooti qurish va suv tarmoqlarini tortish.

🔹 Qator Terak mahallasida yangi ichimlik suvi inshooti barpo etish hamda suv tarmoqlarini tortish.

🔹 Kichik Nayman mahallasidagi 24-son umumta’lim maktabining mavjud eski binosini ichki va tashqi fasadini ta’mirlash, shuningdek pol va tom qismini to‘liq yangilash.

🔹 Kichik Nayman mahallasidagi 16-son umumta’lim maktabi o‘quvchilari uchun zamonaviy sport zali qurish.