35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat saylovchilar oldida axborot berdi
янв.21
YIRIK KORXONALARNING MUAMMO VA TAKLIFLARI O‘RGANILDI
янв.21
NAVBATDAGI TADBIRKORLAR JAMOATCHILIK KENGASHI UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
KUNLIK ISH REJASI ASOSIDA HUDUDLARDA O‘RGANISHLAR VA TASHKILIY ISHLAR AMALGA OSHIRILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: QURILISH OBYEKTI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: QURILISH OBYEKTI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: TA’LIM OBYEKTI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTAB QURILISHI O‘RGANILDI
янв.21
TUMAN XALQ QABULXONASI MUTAXASSISI SH. MAXMARAIMOV MUROJAATLAR BILAN ISHLASH HOLATI YUZASIDAN MA'RUZA QILDI
янв.21
SESSIYA OLDIDAN SUV RESURSLARIDAN OQILONA FOYDALANISH MASALASI O‘RGANILMOQDA
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati, Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi a'zosi A.Bo‘tayev hamda Kengash kotibiyati mutaxassisi Sh.Suvankulov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi Qonunining 19¹-moddasi talablariga muvofiq saylov hududidagi Navro‘z mahallasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.

O‘rganish davomida 31-son maktabgacha ta’lim tashkilotining eski binosi o‘rnida 120 o‘rinli zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti binosini rekonstruksiya qilish loyihasining amalga oshirilish jarayoni bilan tanishildi.

Mazkur obyektning buyurtmachisi "Sirdaryo viloyati" Yagona buyurtmachi xizmati, loyiha tashkiloti "Best Geo Maps", pudratchi esa "Sunny Lend Service" MChJ hisoblanadi.

Qurilish ishlari 2026-yil 14-iyul sanasida boshlangan bo‘lib, obyektni 2026-yil 17-oktabr kuni foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Loyihaning umumiy qiymati 4 milliard 501 million 562 ming 508 so‘mni tashkil etadi.

O‘rganish davomida qurilish ishlarining loyiha hujjatlariga muvofiq olib borilishi, ishlar sifati hamda obyektni belgilangan muddatda foydalanishga topshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 4