🟩Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi raisi Bahodir Ochilov o‘ziga biriktirilgan qurilish obyektida bo‘lib, amalga oshirilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlarini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
🟩O‘rganish davomida 28-son oilaviy poliklinikaga qarashli “Fayzobod” filiali binosini rekonstruksiya qilish (mavjud 50 qatnovli binoni 1-tip oilaviy poliklinikaga moslashtirish) loyihasi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
🟩Deputat tomonidan qurilishning belgilangan loyiha va muddatlarga muvofiq olib borilishi, bajarilayotgan ishlar sifati hamda obyektning o‘z vaqtida foydalanishga topshirilishi masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
🟩Mazkur obyekt foydalanishga topshirilgach, hudud aholisi uchun birlamchi tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari yanada kengayib, sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasi oshishiga xizmat qiladi.
✅ Deputatlik nazorati davom etmoqda.