35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat saylovchilar oldida axborot berdi
янв.21
YIRIK KORXONALARNING MUAMMO VA TAKLIFLARI O‘RGANILDI
янв.21
NAVBATDAGI TADBIRKORLAR JAMOATCHILIK KENGASHI UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
KUNLIK ISH REJASI ASOSIDA HUDUDLARDA O‘RGANISHLAR VA TASHKILIY ISHLAR AMALGA OSHIRILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: QURILISH OBYEKTI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: QURILISH OBYEKTI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: TA’LIM OBYEKTI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTAB QURILISHI O‘RGANILDI
янв.21
TUMAN XALQ QABULXONASI MUTAXASSISI SH. MAXMARAIMOV MUROJAATLAR BILAN ISHLASH HOLATI YUZASIDAN MA'RUZA QILDI
янв.21
SESSIYA OLDIDAN SUV RESURSLARIDAN OQILONA FOYDALANISH MASALASI O‘RGANILMOQDA
Mahalliy byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi

Mahalliy byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Termiz tumani hokimi o‘rinbosari I. Mamayusupov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-141-sonli qarori ijrosi yuzasidan Termiz tumanida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida hisobot taqdim etildi.

Hisobotda loyiha doirasida qishloq hududlarining muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmasini yaxshilash, ichki yo‘llarni ta'mirlash, ichimlik suvi, elektr ta'minoti hamda boshqa muhim obyektlarni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma'lumot berildi.

Komissiya a'zolari tomonidan loyihaning ijrosi, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi, ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish hamda aholining turmush sharoitini yanada yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, hisobot ma'qullandi hamda masalani Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqish tavsiya etildi.

Slide 1 of 3