Mahalla yettiligi bilan murojaat yuzasidan muhokama o‘tkazildi
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi mutaxassisi T. Murodov fuqarodan kelib tushgan murojaat yuzasidan mahalla yettiligi vakillari bilan uchrashib, murojaatda ko‘tarilgan masalani atroflicha muhokama qildi.
Uchrashuv davomida murojaatning kelib chiqish sabablari, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, masalani qonuniy va o‘z vaqtida hal etish, mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.
Mazkur murojaat ijrosi nazoratga olinib, uning ijobiy yechim topishini ta’minlash yuzasidan zarur choralar ko‘rilishi qayd etildi.