35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat saylovchilar oldida axborot berdi
янв.21
YIRIK KORXONALARNING MUAMMO VA TAKLIFLARI O‘RGANILDI
янв.21
NAVBATDAGI TADBIRKORLAR JAMOATCHILIK KENGASHI UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
KUNLIK ISH REJASI ASOSIDA HUDUDLARDA O‘RGANISHLAR VA TASHKILIY ISHLAR AMALGA OSHIRILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: QURILISH OBYEKTI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: QURILISH OBYEKTI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: TA’LIM OBYEKTI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTAB QURILISHI O‘RGANILDI
янв.21
TUMAN XALQ QABULXONASI MUTAXASSISI SH. MAXMARAIMOV MUROJAATLAR BILAN ISHLASH HOLATI YUZASIDAN MA'RUZA QILDI
янв.21
SESSIYA OLDIDAN SUV RESURSLARIDAN OQILONA FOYDALANISH MASALASI O‘RGANILMOQDA
Deputatlar Yoshlar ishlari agentligi faoliyatini o‘rgandi

Deputatlar Yoshlar ishlari agentligi faoliyatini o‘rgandi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari Sh. Norsayev va K. Abdullayeva o‘zlariga biriktirilgan tashkilot — Yoshlar ishlari agentligi Termiz tuman bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida bo‘lim tomonidan O‘zbekiston Respublikasining "Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 12-avgustda qabul qilingan, Senat tomonidan 2016-yil 24-avgustda ma’qullangan) talablarining ijrosi, yoshlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning bandligini oshirish, "Yoshlar daftari" bilan ishlash, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Shuningdek, deputatlar tomonidan bo‘lim faoliyatining samaradorligi, hujjatlar yuritilishi, belgilangan vazifalar ijrosi hamda mavjud muammolar tanqidiy tahlil qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, qonun ijrosini ta’minlash va yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 4