Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Xayrullo Turdiyev tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rovi asosida Qorag‘uppa mahallasida 2025-yil dasturi doirasida amalga oshirilayotgan elektr ta’minotini yaxshilash loyihasi joyiga chiqib o‘rganildi.🔍 Mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish natijalariga ko‘ra, loyiha doirasida2 ta transformator punkti, elektr tayanch ustunlari va elektr uzatish tarmoqlarini qurish ishlari amalga oshirilgan bo‘lib, qurilish-montaj ishlar asosiy qismi bajarilgani ma’lum qilindi.
⚡️ Transformator punktini o‘rnatish va elektr tarmog‘iga ulash ishlari ayrim tashkiliy texnik jarayonlar to‘liq yakunlanmagani sababli kechikkan. Hozirda qolgan ishlar reja-grafik asosida davom ettirilmoqda.
📅 Javob xatiga ko‘ra, transformator punktini o‘rnatish, elektr tarmog‘iga ulash va obyektni foydalanishga topshirish ishlari 2026-yil III choragi yakuniga qadar to‘liq bajarilishi ta’minlanadi