✅ Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining 5-okrugi deputati N.Bayzakova tomonidan "O‘rikzor" mahallasiga kiruvchi asosiy avtomobil yo‘lining kirish-chiqish qismlarini asfaltlash ishlari oldidan amalga oshirilayotgan tayyorgarlik ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
✅O‘rganish jarayonida yo‘l qurilishi sifatini ta'minlash, ishlarni belgilangan muddatlarda amalga oshirish hamda aholiga qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitini yaratish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
✅Deputat tomonidan mazkur ishlarning borishi yuzasidan nazorat davom ettirilishi ta'kidlandi.