Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Ma’ruf Kilichov tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rovi asosida Zangiboyi mahallasi M.Q. Samarqandiy ko‘chasida joylashgan transformator punktiga keluvchi 10 kV havo elektr uzatish tarmog‘i mutaxassislar tomonidan joyiga chiqib texnik ko‘rikdan o‘tkazildi.
🔍
O‘rganish natijasida mazkur tarmoqdagiyog‘och tayanchlar eskirgani, ularning texnik holati qoniqarsiz ekani hamda aholi xavfsizligiga xavf tug‘dirishi mumkinligi aniqlandi.
⚡️ Shu munosabat bilan, eskirgan yog‘och tayanchlarni yangi temir-beton tayanchlarga almashtirish zarurligi belgilandi va obyektni rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyiha taklifi ishlab chiqildi.
📋 Javob xatiga ko‘ra, mazkur loyiha2027-yil Davlat investitsiya dasturi hamda elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha Davlat dasturiga kiritish uchun yuqori turuvchi tashkilotga taqdim etiladi.