Yoshlar maslahat guruhi: yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmi
Yoshlar maslahat guruhi: yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmi
Yoshlar maslahat guruhi — yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda faol ishtirok etuvchi, mahalliy Kengash deputatlariga taklif va tavsiyalar beruvchi hamda yoshlarning manfaatlarini ifoda etuvchi jamoatchilik tuzilmasidir.
🫥 Yoshlar maslahat guruhining asosiy maqsadi: 🔹 yoshlar manfaatlarini himoya qilish va ularning muammolariga yechim topish; 🔹 yoshlar masalalariga oid qaror loyihalarini ishlab chiqish va muhokama qilishda ishtirok etish; 🔹 mahalliy Kengash deputatlariga yoshlarga oid masalalarda amaliy ko‘maklashish. 🫥 Asosiy vazifalari: 🔹 hududdagi yoshlar muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; 🔹 yoshlarga oid qonunchilik hujjatlarini tahlil qilish va takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish; 🔹 hududiy dasturlar hamda "yo‘l xaritalari"da yoshlar manfaatlarini ta’minlash; 🔹 qonunlar va davlat dasturlarining ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratida ishtirok etish; 🔹 iqtidorli va tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tashabbuslar ilgari surish; 🔹 yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni, huquqiy savodxonlikni va vatanparvarlikni oshirish; 🔹 madaniy-ma’rifiy, sport tadbirlari va turli tanlovlarni tashkil etishga ko‘maklashish; 🔹 deputatlar va senatorlarning yoshlar bilan uchrashuvlarini tashkil etishda ishtirok etish.
🫥 Yoshlar maslahat guruhi a’zolarining huquqlari: 🫥 mahalliy Kengash va doimiy komissiyalardan zarur axborotlarni olish; 🫥 yig‘ilish va tadbirlarda ishtirok etish; 🫥 yoshlar masalalari bo‘yicha takliflar kiritish; 🫥 hududdagi dolzarb muammolar yuzasidan tashabbuslar bilan chiqish. 🫥 Muhim ma’lumotlar: 🫥 Guruh tarkibi 16–30 yoshdagi faol va tashabbuskor yoshlardan shakllantiriladi. 🫥📅 Yig‘ilishlar, qoida tariqasida, har chorakda kamida bir marta o‘tkaziladi. 🫥 Guruh a’zolari mahalliy Kengash deputatlariga "ustoz-shogird" tizimi asosida biriktiriladi.
Yoshlar maslahat guruhi — yoshlarning fikri, tashabbusi va g‘oyalarini mahalliy boshqaruv tizimiga olib kiruvchi muhim jamoatchilik platformasidir.