35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat saylovchilar oldida axborot berdi
янв.21
YIRIK KORXONALARNING MUAMMO VA TAKLIFLARI O‘RGANILDI
янв.21
NAVBATDAGI TADBIRKORLAR JAMOATCHILIK KENGASHI UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
KUNLIK ISH REJASI ASOSIDA HUDUDLARDA O‘RGANISHLAR VA TASHKILIY ISHLAR AMALGA OSHIRILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: QURILISH OBYEKTI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: QURILISH OBYEKTI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: TA’LIM OBYEKTI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTAB QURILISHI O‘RGANILDI
янв.21
TUMAN XALQ QABULXONASI MUTAXASSISI SH. MAXMARAIMOV MUROJAATLAR BILAN ISHLASH HOLATI YUZASIDAN MA'RUZA QILDI
янв.21
SESSIYA OLDIDAN SUV RESURSLARIDAN OQILONA FOYDALANISH MASALASI O‘RGANILMOQDA
Yangihayot mahallasida fuqarolar murojaatlari va "yo‘l xaritalari" ijrosi o‘rganildi

Yangihayot mahallasida fuqarolar murojaatlari va "yo‘l xaritalari" ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi mutaxassisi K. Abdullayeva 4-Yangihayot saylov okrugi deputati G. Shafoatova saylangan Yangihayot MFY hududida bo‘lib, fuqarolar bilan uchrashdi hamda ularning murojaat va takliflarini tingladi.

O‘rganishlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, shuningdek oliy darajadagi tashriflar yakunlari bo‘yicha ishlab chiqilgan "yo‘l xaritalari" asosida Termiz tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarning ijrosi manzilli ravishda o‘rganildi.
Xususan, "Termiz" tumani Yangihayot MFY hududida ko‘priklar qurish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirilib, qurilish jarayonining borishi, belgilangan vazifalarning bajarilishi hamda ishlar sifati yuzasidan monitoring olib borildi.

Shuningdek, mahalla aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, xususan ko‘priklar qurilishi va boshqa infratuzilma loyihalari bo‘yicha fuqarolarning fikr-mulohazalari hamda takliflari tinglandi. Bildirilgan murojaatlar tegishli tartibda qayd etilib, ularning ijrosini ta’minlash va "yo‘l xaritalari"da belgilangan vazifalar ustidan samarali deputatlik nazoratini davom ettirish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.

Slide 1 of 2