35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat saylovchilar oldida axborot berdi
янв.21
YIRIK KORXONALARNING MUAMMO VA TAKLIFLARI O‘RGANILDI
янв.21
NAVBATDAGI TADBIRKORLAR JAMOATCHILIK KENGASHI UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
KUNLIK ISH REJASI ASOSIDA HUDUDLARDA O‘RGANISHLAR VA TASHKILIY ISHLAR AMALGA OSHIRILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: QURILISH OBYEKTI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: QURILISH OBYEKTI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: TA’LIM OBYEKTI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTAB QURILISHI O‘RGANILDI
янв.21
TUMAN XALQ QABULXONASI MUTAXASSISI SH. MAXMARAIMOV MUROJAATLAR BILAN ISHLASH HOLATI YUZASIDAN MA'RUZA QILDI
янв.21
SESSIYA OLDIDAN SUV RESURSLARIDAN OQILONA FOYDALANISH MASALASI O‘RGANILMOQDA
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyatida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Yig‘ilish avvalida o‘tgan hafta davomida kotibiyat tomonidan amalga oshirilgan ishlar, deputatlar faoliyatini tashkil etish, doimiy komissiyalar faoliyati, deputatlik nazorati hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash yo‘nalishida bajarilgan vazifalar atroflicha muhokama qilindi.

💬Shuningdek, 162 ta qonun hujjatlari asosida ishlab chiqilgan savolnomalar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, ularning mazmun-mohiyati, deputatlar tomonidan ilgari surilgan savol va takliflar hamda mas’ul tashkilotlardan olinayotgan javoblarning sifati yuzasidan tahlillar o‘tkazildi.

💬Shundan so‘ng, deputat A. Mustafakulov so‘zga chiqib, Xalq deputatlari shahar Kengashi doimiy komissiyalari faoliyatini yanada takomillashtirish, deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda Kengash qarorlari ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini bildirdi.

💬Xususan, doimiy komissiyalar tomonidan Kengash qarorlari ijrosini joyiga chiqqan holda o‘rganish, mas’ul tashkilotlarning hisobotlarini tanqidiy tahlil qilish, deputatlik so‘rovlariga berilayotgan javoblar ijrosi ustidan muntazam monitoring olib borish hamda aniqlangan muammolarni amaliy hal etishga qaratilgan nazorat-tahlil tadbirlarini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

🫥Yig‘ilish yakunida bildirilgan takliflarni amaliyotga tatbiq etish, doimiy komissiyalar faoliyati samaradorligini oshirish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar belgilab olindi.

Slide 1 of 3