35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN RASMIY MA’LUMOT SO‘RALDI
янв.21
QAROR IJROSI – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN RASMIY XAT YUBORILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: AJRATILGAN BUDJET MABLAG‘LARINING MAQSADLI SARFLANISHI O‘RGANILMOQDA
янв.21
SUV RESURSLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH MASALASI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
HUDUDIY DASTURLAR SHAKLLANTIRILISHIDA DEPUTATLIK TAKLIFLARI INOBATGA OLINMOQDA
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA NAZORATI: TIBBIYOT MUASSASASIDAGI ISHLAR O‘RGANILMOQDA
янв.21
“O‘ZBEKISTON–2030” STRATEGIYASI IJROSI: SUV RESURSLARIDAN FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
“O‘ZBEKISTON–2030” STRATEGIYASI IJROSI: SUV RESURSLARIDAN FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Deputat daftari: fuqarolar murojaati o‘rganildi
#jarayon

“Xurriyat” MFY xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi

📍Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi i Kotibiyati mudiri K.Umarboev, kotibiyat mutaxassisi tomonidan 17-saylov okrugi hududidagi “Xurriyat” MFY xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi 145-son qarori bilan tasdiqlangan Mahalladagi xotin-qizlar faoli to‘g‘risidagi namunaviy nizom ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Jumladan, xotin-qizlar faolining mahalladagi xotin-qizlarning muammolarini manzilli o‘rganish, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, huquqiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatish hamda davlat organlari bilan hamkorlikni samarali tashkil etish borasidagi faoliyati atroflicha ko‘rib chiqildi.

Slide 1 of 2