35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik nazorati: birlamchi tibbiy-sanitariya yordami sifati o‘rganildi
янв.21
Deputat fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyati faoliyatidan
янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyati faoliyatidan
янв.21
Doimiy komissiya va biriktirilgan tashkilot o‘rtasidagi hamkorlik izchil davom etmoqda
янв.21
Doimiy komissiya va biriktirilgan tashkilot o‘rtasidagi hamkorlik izchil davom etmoqda
янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligi masalasi muhokama qilindi
янв.21
“Tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi deputatlar nazoratida
янв.21
“Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganilmoqda
Maktabgacha ta’lim tashkiloti holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Sadirov, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat F.Axmedov tomonlaridan tumanning “Sijjak” mahallasida joylashgan 28-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida muassasaning binolari, guruh xonalari, oshxonasi, o‘yin maydonchasi, sanitariya holati hamda tarbiyalanuvchilarga yaratilgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, muassasa rahbariyati va mas’ul xodimlar bilan suhbat o‘tkazilib, ta’lim muassasasining bugungi kundagi ehtiyojlari va mavjud muammolari muhokama qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, maktabgacha ta’lim tashkiloti loyiha quvvati 150 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, hududda maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar sonining ortib borayotgani sababli mavjud quvvat talabni to‘liq qondirmayapti. Natijada ayrim bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qamrab olish imkoniyati cheklanmoqda.

O‘rganish jarayonida ta’lim muassasasiga tutash umumta’lim maktabining hozirda foydalanilmayotgan qismi hisobidan maktabgacha ta’lim tashkilotini kengaytirish imkoniyati ko‘rib chiqildi. Deputatlar mazkur imkoniyatdan samarali foydalanish maqsadida tegishli loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, foydalanilmayotgan binolarni rekonstruksiya qilish orqali qo‘shimcha guruh xonalarini tashkil etish va muassasa sig‘imini 300 o‘ringa yetkazish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan muzokara olib borishlarini bildirdilar.

Slide 1 of 5