Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#Chinoz_tumani #Deputat_o'rganish Mahalla xotin-qizlar faolining faoliyati o‘rganildi



🔰Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan 13-Ko‘tarma saylov okrugidan saylangan deputat Farxod Ibragimov Kengashning ish rejasiga muvofiq Islomobod mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlarini olib bordi.

❇️O‘rganish davomida mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, muammolarini aniqlash va hal etish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish hamda oilalarda sog‘lom ijtimoiy muhitni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi tahlil qilindi.

✅Shuningdek, faoliyat davomida uchrayotgan ayrim muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar berildi.

Slide 1 of 3