Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga tumandagi ehtiyojmand oilalar xonadonlarini energiya tejamkor qilib ta’mirlash ishlariga qo‘shimcha mablag‘ ajratish masalasi kiritilgan.
Mazkur masalani o‘rganish maqsadida deputatlar mahallalarda bo‘lib, ta’mirlash ishlari amalga oshirilayotgan xonadonlar holatini joyida ko‘zdan kechirmoqda.
🔹 Jumladan, 12-saylov okrugi deputati A. Abdumurodov tomonidan Oq Mang‘it MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro N.Cho‘libayevaning xonadonida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi.
O‘rganish davomida xonadonda energiya tejamkorlik talablari asosida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari davom etayotgani qayd etildi.
Shuningdek, ishlarning sifati, belgilangan loyiha va muddatlarga muvofiq olib borilishi yuzasidan nazorat amalga oshirildi.