35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat saylovchilar oldida axborot berdi
янв.21
YIRIK KORXONALARNING MUAMMO VA TAKLIFLARI O‘RGANILDI
янв.21
NAVBATDAGI TADBIRKORLAR JAMOATCHILIK KENGASHI UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
KUNLIK ISH REJASI ASOSIDA HUDUDLARDA O‘RGANISHLAR VA TASHKILIY ISHLAR AMALGA OSHIRILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: QURILISH OBYEKTI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: QURILISH OBYEKTI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: TA’LIM OBYEKTI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTAB QURILISHI O‘RGANILDI
янв.21
TUMAN XALQ QABULXONASI MUTAXASSISI SH. MAXMARAIMOV MUROJAATLAR BILAN ISHLASH HOLATI YUZASIDAN MA'RUZA QILDI
янв.21
SESSIYA OLDIDAN SUV RESURSLARIDAN OQILONA FOYDALANISH MASALASI O‘RGANILMOQDA
Baxor mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Baxor mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Xudayqulova Nargiza Gaybullaevna tomonidan 14-Ziyokor saylov okrugi, Baxor mahalla fuqarolar yig‘ini hududida fuqarolar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Uchrashuv davomida mahalla hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan yuzma-yuz suhbat o‘tkazilib, ularning kundalik hayotida duch kelayotgan muammolari va takliflari tinglandi. Jumladan, ijtimoiy masalalar, hududni obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash hamda fuqarolar murojaatlarini hal etish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar joyida qayd etilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli mas’ullarga yo‘naltirish va nazoratga olish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

Mazkur ochiq muloqot fuqarolar muammolarini bevosita o‘rganish, ularning taklif va murojaatlarini tizimli ravishda hal etish hamda mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 5