6-son Gumbaz okrugi deputati Saodat Djumanova tomonidan hududida faoliyat yuritayotgan savdo do‘konlari va buyum bozori atrofida obodonlashtirish ishlarining holati o‘rganildi.
Tadbir davomida mahsulotlarning iste’molga yaroqlilik muddatlari, savdo shoxobchalaridagi sanitariya-gigiyena holati hamda hududlarning tozaligi tekshirildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirkorlarga tegishli tushuntirishlar berilib, zarur chora-tadbirlar ko‘rildi.
Hududda sanitariya talablariga rioya qilish, aholiga sifatli va xavfsiz mahsulotlar yetkazib berish hamda atrof-muhit tozaligini ta’minlash bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.