Pastdarg‘om tumani Xalq deputatlari Kengashi deputati S.Nurmamatova, mahalla faoli Mirqulov Akmal hamda mahalla “yettiligi” ishtirokida Qozoq Nayman mahallasi hududidagi Dimishqi kanalidan suv chiqarish bilan bog‘liq holatlar o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida hududdagi 600 metrdan ortiq ariq va zovurlar, shuningdek, ko‘prik quvurlarining texnik holati ko‘zdan kechirildi.
Suv oqimini yaxshilash, irrigatsiya tizimini samarali tashkil etish hamda aholi uchun qulay sharoit yaratish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etish, meliorativ holatni yaxshilash va suv ta’minotini barqarorlashtirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.