Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Qonun ustuvorligi va xavfsizlik masalalari doimiy nazoratda
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim qonunlar mazmun-mohiyati muhokama qilindi
янв.21
Qozoq Nayman mahallasida suv ta’minoti bilan bog‘liq muammolar o‘rganildi
янв.21
Obodonchilik ishlari mahalla ahli bilan muhokama qilindi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyati mudiri huzurida yig'ilish bo'lib o'tdi
янв.21
Deputatlar yig‘majildi bilan samarali ish olib borildi
янв.21
Yoshlar kelajagi — e’tibor markazida
янв.21
Kengash raisi fuqarolar murojaatini tingladi
янв.21
Mirzato‘p mahallasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi raisi D.Karimova o‘zi saylangan 9-Tuvadoq saylov okrugi hududiga kiruvchi Obod Yurt mahalla fuqarolar yig‘inida “mahalla yettiligi” faoliyati 24 ta tavsiya asosida o‘rganildi.

O‘rganish davomida aholini sifatli va o‘z vaqtida tibbiy xizmat bilan qamrab olish holati, hokim yordamchisi tomonidan kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, ijtimoiy xodim tomonidan ehtiyojmand oilalar bilan ishlash tizimi hamda kam ta’minlangan fuqarolarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash jarayonlari atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati, soliq inspektori zimmasiga yuklatilgan vazifalarning ijrosi, maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati, nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan belgilangan imtiyoz va kafolatlarning amalda qo‘llanilishi hamda hududga investitsiyalar jalb etish, dasturlarga kiritilgan loyihalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda mahallada aholi farovonligini oshirishga qaratilgan vazifalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 5